19:13 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
369 0 0

Xabarda oʻquvchilarning tavsiya etilgan variantlardan tashqari boshqa kiyim-kechaklarda hamda turli bosh kiyimlarda maktab hududida yurishi taʼlim muassasasining ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib kelishi taʼkidlangan.

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi soʻnggi kunlarda turli hil ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin munozaralarga sabab boʻlayotgan davlat umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun yangi oʻquv yilida kiyishi lozim boʻlgan maktab formasi boʻyicha ota-onalarga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi qaroriga binoan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarini majburiy qilib belgilash 2024/2025-oʻquv yilidan deb belgilangan.

“Garchan, yagona maktab formasining majburiyligi kechiktirilgan boʻlsada, Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2018/2019-oʻquv yilidan boshlab amalda saqlanib qolmoqda”, - deyiladi xabarda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib vazirlik yangi oʻquv yilida davlat umumtaʼlim maktablarida maktab formasi sifatida quyidagi kiyim-kechaklarni tavsiya qilgan:

1) oʻgʻil va qiz bollar uchun – tepasi oq (klassik koʻylak), pasti qora (klassik shim va yubka) boʻlgan kiyim;

2) maktab tomonidan avvalgi yillarda joriy etilgan va bugungi kunga qadar kiyishga yaroqlilikni saqlab qolgan forma;

3) Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan oʻquvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formalari.

Xabarda oʻquvchilarning tavsiya etilgan variantlardan tashqari boshqa kiyim-kechaklarda hamda turli bosh kiyimlarda (taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno) maktab hududida yurishi taʼlim muassasasining ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib kelishi taʼkidlangan. Mazkur holat taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida ijtimoiy tenglikni taʼminlashga qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva: “Oʻzbekiston maktablarida majburiy forma talab qilinishiga hali erta”

Shuningdek, XTV maktab direktorlari tomonidan maktab formasini markazlashgan holda oldi-sotdi ishlarini tashkil qilinishi qatʼiyan taqiqlanganligini yana bir bor eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular