Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga o‘qishga kirish tartibi belgilandi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Magistraturaga kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida har yili avgust oyida o‘tkaziladi.

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Devushki fotografiruyutsya na mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Blogerlik faoliyati himoyamiz ostida – Bosh prokuratura

Mazkur Nizomga ko‘ra, magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:

- “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar;

- “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan prokuratura organlarining xodimlari;

- boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5-yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari.

Magistraturada o‘qish muddati bir yil.

Magistraturaga kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida har yili  avgust oyida o‘tkaziladi.

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va “Huquq magistri” darajasi beriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0