13:11 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
212 0 0

Qator xalqaro OAV terroristik fitnani tashkillashtirish va 2017 yil 7 aprelda Stokgolm shahridagi fojiali voqealarga aloqadorlikda gumonlanib Estersund shahrida (Shvetsiya) oʻzbekistonlik deb taxmin qilinayotgan shaxsning qoʻlga olinishi toʻgʻrisida xabar tarqatdi.

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. 2019 yil 15 avgustda qator xalqaro OAVda terroristik fitnani tashkillashtirish va 2017 yil 7 aprelda Stokgolm shahridagi fojiali voqealarga aloqadorlikda gumonlanib Estersund shahrida (Shvetsiya) oʻzbekistonlik deb taxmin qilinayotgan shaxsning qoʻlga olinishi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida qayd etilishicha, ushbu xabarlar yuzasidan Oʻzbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi oʻz konsullik okrugiga kiruvchi Shvetsiya qirolligi tomoniga soʻrovnoma yoʻllagan.

“29 avgust kuni diplomatik vakolatxona Estersund shahri okrug sudidan qoʻlga olingan shaxsning Oʻzbekiston fuqarosi emasligi toʻgʻrisida rasmiy javob oldi”, - deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.

2017 yil 7 aprel kuni Stokgolmning markaziy koʻchalaridan biri boʻlgan Drottninggatan koʻchasida yuk mashinasi haydovchisi odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib oʻtib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok boʻlgan, oʻndan ortiq kishi jarohat olgan. Stokgolm hukumati roʻy bergan voqeani terakt deb tan olgan. Oʻzbekistonlik Rahmat Oqilov Stokgolmdagi teraktni ID amiri buyrugʻi bilan amalga oshirganini aytgan va sud hukmi bilan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.

Asosiy mavzular