14:09 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
579 0 0

Ilk bor hijobli model Rossiya doʻkonlari tarmogʻini reklama qilmoqda.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiyaning Gloria Geans kompaniyasi ilk bor oʻzining reklamasida suratga tushish uchun hijobli modelni jalb etdi.

Gloria Geans Rossiyadagi yirik kiyim-kechak sotuvchi doʻkonlardan biri sanaladi va u oʻzining mahsulotlarini reklama qilishda hijobli modelni jalb etgan birinchi yirik kompaniya boʻldi.

YouTube᾽da boshqa modellar bilan birga hijob oʻragan qiz tushgan rolik paydo boʻldi. Qolaversa, kompaniyaning Instagram sahifasida hijobli modelning surati joylashtirildi.

“Seni yoshing, jinsing, ranging, dining, dunyo qarashingdan qatʼi nazar har doim koʻrishdan mamnunmiz. Barchaga tinchlik tilaymiz!”, - deya surat tagiga yozib qoʻyilgan.

Asosiy mavzular