Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

© Sputnik / StringerPrazdnovanie Dnya nezavisimosti v posolstve Uzbekistana v Moskve
Prazdnovanie Dnya nezavisimosti v posolstve Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi Mustaqillik bayrami arafasida haqiqiy to‘yxonaga aylandi.

TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Kecha 30-avgust kuni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi haqiqiy to‘yxonaga aylandi, u yerda O‘zbekiston Mustaqillik kuni bayrami nishonlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda uslubda bezatilgan elchixona hovlisi mehmonlarga liq to‘la edi. U yerda ham boshqa davlat elchixonalari vakillari, ham Rossiya davlat arboblari ham jurnalistlar bor edi. Hovli ichida noz-ne’matga to‘la dasturxonlar yozilib, katta sahna o‘rnatildi.

© Sputnik / StringerO‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayramin nishonlash
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayramin nishonlash

Kecha boshida O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Asadov Botir Zokirovich mehmonlarga O‘zbekiston Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari hamda Rossiya bilan so‘nggi yillarda ildam rivojlanayotgan hamkorlik haqida so‘zlab berdi va mehmonlarni oshga taklif qildi.

Ulkan to‘yqozonda damlangan osh oldida bir zumla navvbat paydo bo‘ldi. Atrofga xushbo‘y va ishtaha ochuvchi osh hidi taraldi. Oshpaz ushbu osh “Toshkent to‘y oshi” deb nomlanishini uning guruchi ham, sabzisi ham, moyi va ziravorlari ham O‘zbekistondan olib kelinganini mehmonlarga aytib berdi.

© Sputnik / StringerO‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayramin nishonlash
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayramin nishonlash

Kechani O‘zbekistondan kelgan xonandalar davom ettirishdi. O‘zbek lirik qo‘shiqlaridan boshlangan dasturni “Poytaxt” guruhi davom ettirdi. Opera xonandasi Akilbek Piyozovning chiqishi – barchada katta taasurot qoldirdi. Xonandaning kuchli va tiniq ovozi, ham italyancha ham o‘zbekcha ham ruscha opera qo‘shiqlarini bir xil – a’lo darajada kuylashi barchani hayratga soldi. Ayniqsa Muslim Magomayevning “More” qo‘shig‘idan so‘ng gulduroq qarsaklar uzoq chalindi.

Elchixona tomonidan tashkil qilingan ushbu kecha uzoq vaqt mehmonlar xotirasida qoladi deb o‘ylaymiz. Moskvada turli tadbirlar ko‘p o‘tkaziladi, lekin bunday ko‘ngli ochiqlik, mehmondo‘stlik va samimiylik muhiti kamdan kam uchraydi. Ushbu xislatlar faqat o‘zbek to‘ylariga xos, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

© Sputnik / StringerXonanda Akilbek Piyazov
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Xonanda Akilbek Piyazov

Yangiliklar lentasi
0