Buxoroda sobiq o‘quvchilar matematika o‘qituvchisiga Nexia 3 sovg‘a qilishdi

© FacebookBuxarskie mujchini podarili svoyemu bivshemu uchitelyu avtomobil - video
Buxarskie mujchini podarili svoyemu bivshemu uchitelyu avtomobil - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorolik keksa yoshli o‘qituvchi o‘zining sobiq o‘quvchilarida qimmatbaho sovg‘a oldi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda sobiq o‘quvchilar o‘zlariing maktab o‘qituvchisiga Nexia avtomobili sovg‘a qilgani aks etgan video paydo bo‘lgan edi. Sputnik muxbiri ushbu voqea tafsilotlarini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida bo‘lib o‘tgan ekan. O‘sha yerda istiqomat qiluvchi matematika o‘qituvchisi Hazrat Raximovning sobiq o‘quvchilari unga Ravon Nexia R3 avtomobilini sovg‘a qilishgan ekan.

Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada o‘zbekistonlik o‘qituvchi haqida film namoyish qilinadi

Hazrat Raximov Qorako‘ldagi akademik litseyda 34-yildan buyon o‘qituvchilik qilar ekan. O‘tgan yilda o‘qituvchi sog‘ligi yomonlashgani tufayli ishdan ketishga majbur bo‘lgan ekan. O‘qituvchining haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q ekan.

Minnatdor o‘quvchilaridan sovg‘a olganidan so‘ng, Raxmat aka haydovchilik guvohnomasi olish uchun hujjatlarini topshirgan. U kishining o‘quvchilari ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqat ketishini istamagan ekan.

O‘quvchilar aytishiga qaraganda, Raxmat aka ularni yumshoq ko‘ngilli, vijdonli bo‘lishga ko‘proq badiiy kitob o‘qishga o‘rgatgan ekanlar.  

Sputnik muxbiriga ma’lum bo‘lishicha, Hazrat Raximovga yana bir sovg‘a tayyorlanmoqda – sobiq o‘quvchilaridan biri ustozni o‘zi bilan birga Haj safariga olib borishga tayyorlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0