Oddiy qahramonlik – fuqaro yuk avtomobilini to‘xtatib qoldi

© FacebookSamarkandskiy geroy: mujchina ostanovil benzovoz na polnoy skorosti
Samarkandskiy geroy: mujchina ostanovil benzovoz na polnoy skorosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 61- yoshli fuqaro haydovchisiz yurib ketgan benzovozga yugurib yetib olib, uni to‘xtatib qoldi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Samarqandda mahalliy fuqaro 61-yoshli Nurali Musinov haydovchisiz yurib ketgan benzovozni to‘xtatib qoldi, deb xabar qilmoqda STV telekanali.

Vrach vernul rebenka k jizni na glazax u ispugannix roditeley - video - Sputnik O‘zbekiston
Haqiqiy qahramon: shifokor klinik o‘lim holatidagi bolaning hayotini saqlab qoldi

Voqea Sogdiana massivida yuz berdi. Musinov Nurali o‘z avtomobilida harakatlanib temiryo‘l orqasida joylashgan Ali Qushchi ko‘chasiga chiqadi va u yerda ZIL-131 rusumli benzin tashuvchi avtomobilning g‘ayrioddiy harakatini payqab qoladi. Diqqat bilan avtomobilga nazar solgan Musinov, uning  ichida haydovchi yo‘qligini ko‘rib qoladi. Benzovoz tibbiyot kolleji tomon ketayotgan edi...  

Musinov tezda o‘z avtomobilidan tushib benzin tashuvchi avtomobil ortidan yugurib ketadi. Bir amallab uni quvib yetib, kabina ichiga kirib oladi va uni to‘xtatib qoladi.

Keyin ma’lum bo‘lishicha, benzin tashuvchi avtomobil haydovchisi bir zumga avtomobilni yo‘l chetiga qoldirgan bo‘ladi. Qaytib kelgach esa avtomobil yo‘ldan pastga qarab ketayotganini ko‘radi, lekin uni quvib yeta olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0