Samarqandlik “Halimboy” qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi

© Fb"Xalimboy" iz Samarkanda
Xalimboy iz Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda suratga olingan, qoidabuzarlik aks etgan videolavha huquqni saqlash organlari e’tiborini ham tortdi. Aybdor jarimaga tortildi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand ko‘chalarida avtomobilning davlat raqami o‘riga “Halimboy” yozuvini qo‘yib olgan fuqaroning ishi qizg‘in muhokama bo‘ldi, Yoshlar telekanali “Davr” dasturi xabariga asosan.

Tabiiyki, qoidabuzarlik aks etgan ushbu videolavha huquqni saqlash organlari e’tiborini ham tortdi.

Avtomobil s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun jarima keskin oshirilishidan nima maqsad – YHBB javobi

Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari aniqlashiga ko‘ra, ushbu video 16-avgust kuni to‘yda suratga olingan bo‘lib, avtomobil egasi 22-yoshli Halimboy o‘ziga tegishli bo‘lgan Spark avtomobilining orqa tomon davlat raqami o‘rniga “Halimboy” deb yozilgan qog‘oz qo‘yib haydagan.  

Huquqni saqlash organlari olgan videoda Halimboy, ushbu qilmish qonunni buzish ekanini bilmaganini va qilgan ishidan pushaymon ekanini aytgan. Bunday qilishni hech kimga tavsiya qilmayman, deydi Halimboy.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, o‘sha to‘y marosimida bo‘lgan avtomobillar aniqlangan va ularga nisbatan bayonnoma tuzilgan. Ma’muriy javobgarlik kodeksining bir necha bandini buzgani tufayli aybdor haydovchi 2-3 million atrofida jarima to‘laydi, uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0