12:55 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
273 0 0

Pasport oʻgʻirlangan holda fuqaro qayerga murojaat qiladi va kimlar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi?

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Pasport oʻgʻirlangan holda fuqaro bu haqda ariza bilan jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organiga murojaat qiladi, deya eslatma bilan chiqdi Adliya vazirligi.

Bunday ariza qabul qilingani haqida fuqaroga maʼlumotnoma beriladi va u maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan va tabiiy ofatlar oqibatida pasporti yoʻqolgani toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan va ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Asosiy mavzular