07:56 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
281 0 0

Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga oʻz hujjatlarini topshirgan Mamatqul Berdaliyev test sinovidan muvaffaqiyatli oʻta olmadi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. 78 yoshli abituriyent Mamatqul Berdaliyev test sinovidan muvaffaqiyatli oʻta olmadi.

Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga oliygoh vakili Xamid Norqobilov maʼlum qilishicha, Mamatqul bobo Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga hujjatlarini topshirgan va imtihonlarda faol ishtirok etgan.

“Afsuski otaxonning bu yilgi toʻplagan ballari talabalik baxtiga muyassar boʻlishga biroz kamlik qildi. Ammo Mamatqul bobo kelasi yili yana hujjatlarini topshirishini, ungacha esa fanlardan oʻqib tayyorgarlik koʻrishini taʼkidlab oʻtdilar. Otaxon bu yilgi imtihonda 42,1 ball toʻpladilar. Shu yoshda shuncha ball toʻplashning oʻzi bir mahorat”, - deydi Xamid Norqobilov.

Bu yilgi test imtihonlarida yosh cheklovi bekor qilingani sabab, nuroniylar ham talaba boʻlish umidida oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirishgan.

Davlat test markazi maʼlumotlariga qaraganda, 25 yoshdan kichik abituriyentlar — 862 977 nafar, 25-30 yosh oraligʻida — 103 276 nafar, 40-50 yoshlilar — 14 014, 50 yoshdan kattalar esa 672 nafarni tashkil etgan.

Asosiy mavzular