12:35 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse

Qirgʻizistonda ham oʻzbekistonlik ishchilar uchun patent joriy etilishi mumkin

© Sputnik/ Foto ochevidtsa
Jamiyat
Havola olish
44301

Qirgʻizistonda oʻzbekistonlik migrantlar koʻpayishi tufayli ular uchun patent joriy etish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 2sen – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda Qirgʻizistonda ham oʻzbekistonlik migrantlar soni koʻpayayotganini koʻrish mumkin. Ushbu munosabat bilan Qirgʻizistonda oʻzbekistonliklar uchun patent joriy etish rejalashtirilmoqda, Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan. 

Maʼlumki, Markaziy Osiyo hududidagi aholining teng yarmi Oʻzbekistonda yashaydi. Oʻzbekistonda bugungi iqtisodiy vaziyat  esa koʻpchillikni xorijiy mamlakatlarda ish qidirishga majbur qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda Oʻzbekistonning 2,6 – 3 million aholisi Rossiya, Qozogʻistonda vaqtincha ishlashga majbur boʻlmoqda.

“Qirgʻiziston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga aʼzo boʻlganidan soʻng, ushbu mamlakat aholisi uchun Rossiyada keng imkoniyatlar ochildi. Xususan ular bu yerda patent rasmiylashtirmasdan ishlash huquqiga ega boʻlishdi”, - deydi Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Kubat Raximov.

Soʻnggi vaqtda Qirgʻizistonda kuzatilayotgan holat shundan iboratki, ushbu mamlakatga qoʻshni Oʻzbekistondan tobora koʻproq kishi mehnat qilish uchun kelmoqda. Ular asosan eng ogʻir mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari yoki qurilishlarda ishlashadi.

Bosh vazir oʻrinbosari ushbu holatni Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi vaziyatga oʻxshatdi. Litva va Latviya aholisi ish qidirib Yevropaga ketgan boʻlsa, ukrainaliklar u yerga kelib ishlamoqda.

Aksariyat qirgʻizistonliklar ish qidirib Rossiyaga ketgan bir vaqtda Oʻzbekistonliklar Qirgʻizistonga kelib ishlamoqda.

Ushbu vaziyatda Kubat Raximov Qirgʻizistonga kelib ishlaydigan Oʻzbekiston fuqarolari soliq toʻlashlari kerak va ular uchun patent joriy etish kerak deb hisoblaydi.

Asosiy mavzular