06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Toshkentda NIYAU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
137 0 0

Abdulla Aripov va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev NIYAU MIFIning Toshkentdagi filialini rasman ochiq deb eʼlon qilishdi.

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYAU MIFI) filiali ochilishi tantanali marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Marosimda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev, Oʻzbekiston Energetiva vaziri Alisher Sultonov hamda “Rosatom” va “Oʻzatom” korporatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

“Bizning mamlakatda MIFIning filiali ochilishi – boʻlajak AES uchun malakalai kadrlar tayyorlash uchun asos boʻladi. Undan tashqari  ushbu oliygoh keljakda minglab yoshlarga yuqori malakali soha – atom energetikasi sohasida ish topishga yordam beradi”, - dedi Abdulla Aripov.

Oʻz navbatida Aleksey Lixachev ham Oʻzbekistonda atom energetikasi sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash - asosiy masala ekanini taʼkidladi hamda Rossiya va Oʻzbekiston orasida ushbu sohada muvaffaqiyatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilganidan mamnunligini bildirdi.

Tantanali soʻzlardan keyin mehmonlar ramziy tasmani kesib, Oʻzbekistondagi NIYAU MIFIning filiali ochilganini rasman eʼlon qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oliygoh Rossiya va Oʻzbekiston orasida AES qurilishi doirasida 2018 yilda erishilgan kelishuvga asosan tashkil etilgan. Ayni damda hukumatlar orasidagi kelishuvga asosan Rossiya Federatsiyasiyada 56 nafar oʻzbekistonlik talabalar Rossiyada atom energetikasi sohasida taʼlim olmoqdalar.  

Asosiy mavzular