07:16 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Stadion

Milliy terma jamoalar uchun yangi baza barpo etiladi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
347 0 0

Milliy va olimpiya terma jamoalari bazasida mashugʻlotlar oʻtkazish, hordiq chiqarish va tiklanish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻladi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoalar uchun yangi mashgʻulotlar bazasi barpo etiladi. Bu haqida OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov xabar qildi.

Milliy hamda olimpiya terma jamoalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Azizov Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqalarga tayyorlanish uchun har yil mehmonxonalarda istiqomat qilib, har xil bazalardan foydalanib kelayotganini va ushbu holat bugungi kun talablariga javob bermasligini aytib oʻtdi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu vaziyatdan kelib chiqib, assotsiatsiya tomonidan terma jamoalar uchun yangi baza barpo etish rejasi ishlab chiqilgan va bu boradagi dastlabki qadamlar tashlangan. Shuningdek, loyiha Oʻzbekiston hukumati va xalqaro futbol tashkilotlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

"Bu baza asosiy jamoalarimizning yigʻin oʻtkazishi, mashgʻulotlar, tiklanish, hordiq  chiqarish va jismoniy holatni yaxshilash uchun barcha sharoitlarga ega boʻladi. Qarorgoh bahavo hududda, suv boʻyida joylashadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlanadi", - dedi OʻFA prezidenti. 

Azizov ushbu loyiha milliy futbolning, ayniqsa turli yoshdagi terma jamoalarimizning yangi bosqichga chiqishida va muhim musobaqalarga sifatli tayyorgarlik olib borishida katta xissa qoʻshishiga ishonch bildirdi. 

Asosiy mavzular