O‘zbekiston razvedkachilari Qozog‘istonda "Kumush ukki" sohibi bo‘lishdi

© Ministerstvo oboroniRazvedchiki Uzbekistana
Razvedchiki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston razvedkachilari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan razvedkachilar musobaqasida 2 o‘rinni egallashdi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston harbiy razvedkachilari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan  “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

© Ministerstvo oboroniRazvedchiki Uzbekistana
O‘zbekiston razvedkachilari Qozog‘istonda Kumush ukki sohibi bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston
Razvedchiki Uzbekistana

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin mezbonlarga va 3-o‘rin Rossiya jamosiga nasib etdi.

Tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Qozog‘iston harbiy razvedkasining ramzi bo‘lgan – kumush ukki sovg‘a qilindi.

Musobaqada shuningdek, Belaruss va Hindistondan jamoalari ham ishtirok etishdi. Undan tashqari Qozog‘iston Mudofaa vazirligining o‘zidan 5 ta jamoa ishtirok etdi.

Prazdnovanie Dnya vozdushnogo flota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston havo floti kunida Mudofaa vazirligi  aviashou o‘tkazdi

Razvedkachilar musobaqa davomida 12 turdagi turli murakkab o‘quv-jangovar mashqlarni bajardi. Har bir guruh – 100 kilometrdan ortiq bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Bundan tashqari maxsus bo‘linmalar maxfiy joylarni jihozlash, murakkab hududlarda razvedka va qidiruv ishlarini olib borish, dushmanlarning kutilmagan hujumlarini qaytarishdi, suvli to‘siqlarni bosib o‘tish va harbiy topografiya, o‘t ochish va muhandislik mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” poligonida bo‘lib o‘tgan musobaqada 5 davlat razvedkachilari ishtirok etishdi. Musobaqa 28-avgust kuni boshlanib 2-sentabr kuni yakuniga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0