"Rosatom" rahbari o‘zbekistonlik talabalarga: bizning kuchimiz - birlikda!

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii "Rosatom" Aleksey Lixachev
Generalniy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shu tariqa biz sohalarimiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibini yuz yil avval belgilab bermoqdamiz. Shuning o‘zi ham ulkan chaqiriq va mas’uliyat yuklaydi", - dedi Lixachov

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Moskva muhandislik-fizika instituti milliy tadqiqot yadro universiteti filialining ochilish marosimida "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov o‘zbekistonlik talabalarga eng yaxshi fizik, eng yaxshi yadrochi olim bo‘lishlarini aytib tilak bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga yadro sohasida yangi yo‘nalishlar qiziq – MIFI rektori

Lixachov o‘z chiqishida, bir yil muqaddam yirik loyihani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilingani, yaqin kelajakda quriladigan AES uchun kadrlarni tayyorlab beradigan MIFI filiali binosi bunyod etiladigan hudud esa mamlakat prezidenti tomonidan belgilab berilganini eslatib o‘tdi.

"Filialning ochilish marosimi - yilning eng munosib yutug‘idir. Bu biz uchun - sharaf, bu biz uchun - katta iftixor, bu biz uchun - katta chaqiriq! Bu MIFIning chet davlatdagi birinchi rasmiy filiali. Uning aynan O‘zbekistonda ochilayotgani esa o‘ziga xos ramziylik kasb etadi", - dedi u.

"Rosatom" rahbari ta’kidiga ko‘ra, AESni tashkil etish loyihasi - o‘n yilliklarga mo‘ljallangan loyiha bo‘lib, stansiyaning xizmat muddati - 60-yilni tashkil etadi. Shuningdek, bugungi kunda, loyihalash yechimlarida stansiya xizmat muddatini 30-40 yilga uzaytirish imkoni ham ko‘rib chiqilmoqda.

"Bu tariqa biz sohalarimiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibini yuz yil avval belgilab bermoqdamiz. Shuning o‘zi ham ulkan chaqiriq va mas’uliyat yuklaydi", - dedi Lixachov.

Otkritie NIYaU MIFI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda NIYaU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi

U shuningdek, joriy yilda universitetga hujjat topshirgan 700ga yaqin abituriyentlar orasida saralab olingan 100 nafar talabaga murojaat etdi. Lixachov yoshlarga o‘qishlarida katta muvaffaqiyat tilash barobarida, oldinda ularni nihoyatda qiziqarli hayot kutayotganini, garchi o‘qishning dastlabki yillarida darsliklarni o‘zlashtirish jiddiy yondashuvni talab etsa-da, ammo yigit-qizlar do‘stlik, romantika kabi muqaddas tuyg‘ularni ham unutib qo‘ymasliklari lozimligi, va hozirdan boshlab o‘zlarini ruhan chiniqtirib borishlari shartligini qo‘shimcha qildi.

"Biz "Rosatom" davlat korporatsiyasi qadriyatlarini sizga yetkazish uchun astoydil harakat qilamiz. Biz ishlab chiqarish tuzilmalarimiz va MIFI o‘rtasida hech qanday to‘siq qo‘ymaymiz. Shu ma’noda biz yagona oilamiz. Nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki butun boshli yadro hamjamiyatida biz bir oilamiz. Kuchimiz - birlikda", - dedi Lixachov.

"Rosatom" rahbari o‘z so‘zi yakunida MIFI filialining ochilishi O‘zbekistonda atom tarmog‘ini rivojlantirish uchun mutaxassislarni tayyorlashga yordam berishiga ishonch bildirdi.

"O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi ko‘lamli loyihadir, uni amalga oshirish, so‘zsiz, kadrlar potensialiga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa mamlakat atom tarmog‘ini muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu sohada o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorligimiz juda ham muvaffaqiyatli rivojlanayotganidan mamnunmiz", - deb qayd etdi Lixachov.

Yangiliklar lentasi
0