Andijon viloyati hokimi o‘tgan dars muzokaralarga boy bo‘ldi

© Xokimiyat Andijanskoy oblastiXokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmanov provel urok v shkole
Xokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmanov provel urok v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universiteti talabalariga “Oila - muqaddas qadriyatlar mehrobi" mavzusida hayot darslaridan saboq berdi. “Hokim soati” rukni ostidagi hayot darslari Andijondagi 18-umumta’lim maktabida davom ettirildi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. 4  sentabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universiteti talabalariga “Oila - muqaddas qadriyatlar mehrobi” mavzusida hayot darslaridan saboq berdi. Bu haqda viloyat hokimligining telegram kanalida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, hokim universitet hovlisida to‘plangan bir guruh talabalar ota-onalariga yuzlanib, komil farzandlar tarbiyasi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

© Xokimiyat Andijanskoy oblastiXokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmanov provel urok v shkole
Andijon viloyati hokimi o‘tgan dars muzokaralarga boy bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Xokim Andijanskoy oblasti Shuxratbek Abduraxmanov provel urok v shkole

Shuhratbek Abdurahmonov navbatdagi “Hokim soati” rukni ostidagi hayot darslarini Andijon shahridagi 1440 o‘rinli 18-umumta’lim maktabida davom etdi.

Dastavval 1 sinf o‘quvchilariga prezident sovg‘alari topshirildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari  bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot , muzokaralarga, savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hokimlarga maktablarda haftasiga kamida uch marotaba dars berish bo‘yicha qoidani joriy etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0