19:26 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Podgotovka k prazdniku v Uzbekistane

Toshkentda Mustaqillik kunidan keyin ikki mingdan ortiq bayroq yoʻqoldi

© Yuriy Korsuntsev / «Gazeta.uz»
Jamiyat
Havola olish
275 0 0

Mustaqillik kunidan soʻng Toshkent koʻchalarida oʻrnatilgan ikki mingdan ortiq bayroq yoʻqoldi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Mustaqillik kunidan soʻng Toshkent koʻchalarida oʻrnatilgan ikki mingdan ortiq bayroq yoʻqoldi. Bu haqda RIA Novosti poytaxt hokimligi vakili maʼlumotiga asosan xabar qildi.

1 sentyabr kuni Oʻzbekistonda Mustaqillikning 28 yilligi keng nishonlandi. Bu yil bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun dam oldi.

Bayram kunlari ayrim shaxslar poytaxt yoʻllaridagi simyogʻochlarga oʻrnatilgan bayroqlarni yechib olayotgani tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Koʻpchilik foydalanuvchilar bunday “vatanparvarlik” haqida salbiy fikrlarni bildirishdi.

“Haqiqatda, 1 sentyabrdan 2 sentyabrga oʻtar kechasi xizmatlarimiz ikki mingdan ortiq Oʻzbekiston bayroqlarining hisobiga yetmadi”, - dedi hokimlik vakili.

Hokimiyat maʼlumotiga koʻra, bayram oldidan Toshkent koʻchalarida jami 6852 dona davlat bayroqlari oʻrnatilgan boʻlib, ulardan 2037 donasi yoʻqoldi. Har bir bayroqning narxi 70 ming soʻmni tashkil qiladi.

“Fuqarolarni poytaxtni bezatadigan davlat mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga chaqiramiz”, - deb qoʻshimcha qilindi hokimlikda.

Asosiy mavzular