16:05 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voynы

Oʻzbekistonda “keksalar haftaligi” oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
213 0 0

“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi A/RES/45/106-son rezolyutsiyasi bilan eʼlon qilingan 1 oktyabr – “Xalqaro keksalar kuni”ni Oʻzbekiston Respublikasida ham har yili ushbu sanada keng nishonlash maqsadida oktyabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilash” , - deyilgan hujjatda.

Hujjatga keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatdagi oʻrnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilova qilingan.

Dasturda 2019 yil oktyabrda xususiy avtomobillarning orqa oynasida “Haydovchi keksa kishi” maʼnosini beruvchi simvolika – ramziy belgini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini tashkil etish;

“Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marofonlarini uyushtirish va boshqa tadbirlar belgilangan.

Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 2 apreldagi farmoni bilan “Keksalar maslahati” tashkil etilgan.

“Keksalar maslahati” guruhlarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari:

keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, anʼana va marosimlarni tashkil etish va oʻtkazishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish;

mahallalarda ijtimoiy maʼnaviy-muhit barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda va aholining ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda faollik koʻrsatish;

mahallalarda aholiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga koʻmaklashish;

kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar, yolgʻiz, nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashish;

mahallalarda aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya mashgʻulotlari guruhlarini shakllantirish, ommaviy sport musobaqalariga yoshlarni qiziqtirish va keng jalb etishda faollik koʻrsatish;

“vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarida faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib rahbar oʻrinbosaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari boʻyicha masʼul etib belgilanadi va “faxriylar kengashlari” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida boʻlgan mehnat faxriylarini uzoq yillik samarali faoliyati uchun taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini oʻtkazish joriy etiladi”, - deyilgan hujjatda.

Asosiy mavzular