15:46 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
V Margilane proizoshel pojar so smertelnыm isxodom

Oʻzbekistonda yil boshidan buyon yongʻinda halok boʻlganlar soni ochiqlandi

MCHS Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
155 0 0

Davlat yongʻin xavfsizlik xizmati respublikada 2019 yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlar statistikasini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Davlat yongʻin xavfsizlik xizmati respublikada 2019 yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlar statistikasini eʼlon qildi.

Statistikada keltirilishicha, yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning oʻtgan 8 oyi davomida oʻtkazilgan profilaktik ishlari natijasida 14684 ta bino va inshootlarda yongʻin kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish vaqtida koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida 27 nafar insonlar qutqarilgan, 462 bosh uy xayvonlari, 99 xil texnikalar, 182 mlrd. soʻmdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 78 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan.

Respublika hududida jami 7439 ta yongʻinlar qayd etilib, ushbu yongʻinlarda 76 nafar inson halok boʻlgan va 208 nafar kishi tan jarohati olgan. Jami sodir boʻlgan yongʻinlarning 68,7 foizi aholi yashash joylarida, 12,6 foizi tadbirkorlik subʼyektlari obʼyektlarida, 5,7 foizi transport vositalarida va 1,6 foizi davlat tasarrufidagi obʼyektlarida yuzaga kelgan.

Yongʻinlarning 37,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 12,2 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan notoʻgʻri foydalanish, 9,4 foizi bolalarning shoʻxligi va 4,1 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga oid bilim koʻniklamalariga ega boʻlib borishi natijasida 2019 yilning oʻtgan 8 oyi davomida sodir boʻlgan yongʻinlar, 2018 yilning mos davriga nisbatan 309 taga, yongʻinlarda insonlarning halok boʻlishi 14 taga va tan jarohati olishi 45 taga kamaygan.

Asosiy mavzular