07:50 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
61 0 0

Prezident qaroriga muvofiq, 2019 yilda Oʻzbekistonda IHT davlatlari uchun “International Robotics Challenge” tanlovi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Islom Hamkorligi tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar ishtirokida 2019 yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda robot texnikasi boʻyicha tanlov boʻlib oʻtadi. Ushbu haqida 4433-sonli prezident qarori eʼlon qilindi.

Qarorda, yosh mutaxassislarni 2019-2020 yilllar davomida qarorda belgilangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil qilingan Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb qilish maqsadida ham nazarda tutilgan.

“Yoshlarni aniq fanlar boʻyicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish”, - deyilgan qarorning “Yoʻl xaritasida”.

Qarorda shuningdek 1 oktyabrga qadar tanlov oʻtkazish dasturini va taklif qilinadigan xorijiy mehmonlar roʻyxatini tuzish belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning mart oyida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020 yilda Toshkentda IHTning fan va texnologiyalarga bagʻishlangan sammiti boʻlib oʻtishini eʼlon qilgan edi. Birinchi sammit ema 2017 yilda Ostonada boʻlib oʻtgan edi.

Shuningdek fan va texnologiyalar rivojlanish dasturiga muvofiq Oʻzbekistonda 2026 yilga qadar IHTning 6ta kompyuter markazlaridan biri joylashishi ham eʼlon qilingan edi.  

Maʼlumot uchun IHTga 1969 yilda asos solingan,2011 yilda uning nomi oʻzgartirilgan. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 57 mamlakat aʼzo boʻlgan.

Asosiy mavzular