07:18 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
34710

Orol dengizi qurigan joyida himoya oʻrmonzorlarini barpo etishdagi tashkiliy masalalarni hal qilish uchun kichik aerodromlar tashkil etilishi mumkin.

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. “Orol dengizining suvi qurigan hududlarida “Yashil qoplamalar”– himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish hamda Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

 “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Orol dengizining suvi qurigan tubida “Yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etishni davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyilgan xabarda.  

“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun tizim tashkilotlaridan koʻshimcha 1000 nafar xodim jalb etish; ishchilarni oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan taʼminlash; choʻl oʻsimliklari urugʻlarini zaxirasini jamgʻarishni va ekish uchun uzluksiz yetkazib berish; zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan taʼminlashni; aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarini jalb etish; zaruriy texnika va asbob-uskunalarni sotib olish tadbirlarini muvofiqlashtirib borish belgilangan.

Loyihaga koʻra, “Yashil qoplamalar” barpo etishdagi tashkiliy masalalarni hal etish uchun zaruratga koʻra kichik aerodromlar tashkil etilishi mumkin.

2018 yil qish va 2019 yil bahor mavsumlarida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tashabbusi bilan 2 ta samolyot, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat hokimliklari tashabbusi bilan 500 ta texnika va 2000 nafar ishchi-xodimlar jalb etildi.

Natijada, ushbu hududda 1126 ming gektar maydon ekishga tayyorlanib, 461 ming gektarda oʻrmon barpo qilish ishlari amalga oshirildi, jumladan 93 km masofada himoya toʻsiqlari tashkil etilib, kelgusi ekish mavsumlarida ushbu hududdagi ekish ishlarini davom ettirish uchun 420 gektar maydonda saksovul niholxonalari tashkil etildi.

Asosiy mavzular