13:54 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
246 0 0

Moskvada komaga tushib qolgan talaba Oʻlmasxonning otasi barchadan uning sogʻayib ketishi uchun duo qilishni soʻradi.

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. Moskvadagi RUDN oliygohining 4-kurs talabasi Baxronov Oʻlmasxon Bahodirovich Moskvadagi shifoxonada koma holatiga tushib qolgani haqida oldin xabar bergan edik.

Bugun Sputnik tahririyati Oʻlmasxonning otasi Bahodir aka bilan bogʻlandi. U kishi aytishiga aytishiga qaraganda Oʻlmasxon hozir ham koma holatida. Shifokorlar qoʻllaridan kelganicha yordam berishga urinmoqda.

“Sizlardan faqat bitta iltimos, qoʻlingizdan kelsa oʻgʻlim sogʻayib ketishi uchun duo qilinglar”, - dedi talabaning otasi.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik talaba Baxronov Oʻlmasxon Bahodirovich 20 avgust kuni burnidan qon ketishi sababli Moskvadagi 67 kasalxonaga yotqiziladi. 27 avgust kuni esa u reanimatsiya boʻlimiga oʻtkaziladi. Shundan soʻng uning ahvoli yomonlashib, koma holatiga tushib qoladi.

Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasi vakillari ham shifoxonada boʻlib, vaziyatni nazorat ostiga olishgan. Xususan, ular Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilib, talabaga diagnoz quyish va davolash uchun mutaxassis ajratishni soʻrashgan.

Asosiy mavzular