22:56 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Vodoxraniliщe v Uzbekistane

Toshkent viloyatida yangi suv ombori qurilishi mumkin

© Flickr / t_y_l
Jamiyat
Havola olish
41210

Toshkent viloyatida “Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasi amalga oshirish boʻyicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 5 sen – Sputnik. “Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Hujjatda Toshkent viloyati Parkent tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida 15 mln kub m. hajmdagi suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi bayon etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati - 34,9 million dollar, amalga oshirish muddati - 2022 yil 1 mart, sugʻoriladigan maydon esa 1,84 ming ga belgilangan.

Shuningdek, qaror loyihasida 26 kishilik suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular