08:08 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
221334

Oʻzbekistonda 2019-2020 oʻquv yili uchun kontraktlar narxi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik.  2019/2020-oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bir nafar talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Jadvalda kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya toʻlovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Press-slujba Ministerstva vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya
Stoimost obucheniya v vuzax Uzbekistana na kontraktnoy osnove

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga toʻlanishi belgilanayotgan 400 000 soʻm, bir yilda jami 4 800 000 soʻmni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, bakalavriatning pedagogika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, quyidagi tartibda toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin:

- Stipendiya bilan – 10 792 960 soʻm (Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

- Stipendiyasiz – 5 992 960 soʻm (10 792 960 soʻm -  4 800 000 soʻm)

Eslatib oʻtamiz, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik toʻlanadigan stipendiya miqdori 400 000 soʻm etib belgilanadi.

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab 634 880 soʻm etib belgilangan.

Asosiy mavzular