O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimi tubdan isloh qilinadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVodoprovodniy kran
Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2020-yil 1-yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasini topshirdi.

TOShKENT, 6 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Mirziyoyev oxirgi 2-yilda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilashga 2 trillion 400 milliard so‘m ajratilganini ta’kidlagan.  Bu avvalgi 10-yilda ajratilgan jami mablag‘dan 2 baravar ko‘p demakdir. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda qayd etilishicha, 27 ming kilometr yoki 38 foiz suv tarmoqlari avariya holatida bo‘lsa, 2 mingta yoki 20 foiz suv nasoslari ishdan chiqqan. Mamlakat shaharlarining faqat 79 tasida (57 foiz) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23 foizi ta’mirga muhtoj. 

Yig‘ilishda, shuningdek, bugungi kunda ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlarining 85 foizida hisobga olish tizimi mavjud emasligi ham tanqid qilindi. 

Kran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 24-avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Jami 3 million 280 ming nafar suv iste’molchidan atigi 44 foiziga, ya’ni 1 million 425 ming xonadonga hisoblagich o‘rnatilgani sohada ishlar sustkashlik bilan amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga qadar suv ta’minotini shaharlarda 98, qishloqlarda 85 foizga, kanalizatsiya tizimini 31 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 4,5 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi.

Avvalo, tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerak. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste’molchilarni 2022-yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta’minlash lozimligi qayd etildi.

“Shu maqsadda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2020-yil 1-yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, olis va tog‘li hududlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy qilinishi belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0