13:11 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
542 0 0

Oʻzbekiston prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi”da qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda Oʻzbekiston hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar roʻyxati Adliya vazirligi va Oliy sud rasmiy veb-saytlarida va boshqa OAVlarda eʼlon qilib, yangilab boriladi.

Bu Oʻzbekiston prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyilgan.

Qarorga muvofiq jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha soha uchun masʼul organlarning mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etiladi.

Oʻzbekistonda ekstremistik tashkilot nomlari roʻyxati maʼlum qilindi

Din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va printsiplarini keng jamoatchilikka tushuntirish, vijdon erkinligi kafolatlari buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar koʻrish yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilandi.

Qoʻmita vijdon erkinligi va din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, dinning asl insonparvarlik mohiyatini targʻib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda koʻmaklashadi.

Asosiy mavzular