07:09 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
55910

Birinchi elektrobus Toshkent yoʻlovchilariga kelgusi haftadan xizmat koʻrsata boshlaydi. U 20-25 km masofani bosib oʻtishi mumkin, quvvat olish vaqti esa - 6-8 daqiqaga teng.

TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Kecha 7 sentyabr kuni Toshkentda birinchi elektrobus yoʻlovchilarga xizmat koʻrsata boshladi, de xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

“Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yoʻllariga olib chiqildi. Uning birinchi yoʻlovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari boʻldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi. Elektrobas kelasi hafta yoʻlovchilarga xizmat qila boshlaydi”, - deyilgan xabarda.

Elektrobasning texnik imkoniyatlarini oʻrganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yoʻnalishni belgilash maqsadida belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

YE420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobas bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib oʻtadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. Oʻrtacha 90 ta yoʻlovchi olib yurish imkoniyatiga ega.

"Toshshahartransxizmat"
Pervыy elektrobus v Tashkente

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin “Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgan edi. 

Asosiy mavzular