12:23 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
87920

“Markaz – 2019” oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun 100ga yaqin Oʻzbekiston harbiylari Orenburg shahriga yetib kelishdi.

TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Oʻzbekiston harbiy kontingenti “Markaz-2019” oʻquvlarida ishtirok etish uchun yetib keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“Kecha, 7 sentyabr kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy kontingenti 16-21 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaz-2019” qoʻmondonlik-shtab strategik oʻquvlarida qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatiga yetib keldi.

Yuz nafardan ortiq harbiy xizmatchilar Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli ikki dona S-295 harbiy transport aviatsiyasining samolyotlarida Rossiya Markaziy harbiy okrugining Orenburg viloyatidagi harbiy aerodromiga qoʻndi”, - deyilgan xabarda.

Mehmonlar, rus urf-odatlariga koʻra, harbiy orkestr sadolari ostida iliq kutib olindi. Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston harbiy kontingenti oʻquv mashq shartlari doirasida yaratiladigan sharoitda shtab ofitserlari va harbiy xizmatchilarning hamkorlikda qoʻshin guruhlarining harakatlarini  rejalashtirish va tashkil etish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun Donguz poligoniga yoʻl oldi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu oʻquv mashgʻulotlar jangovar tayyorgarlik masalalarida tajriba almashish, Markaziy Osiyo hududida vaziyatning keskinlashishining oldini olishda boshqaruv organlari ish mexanizmining yagona algoritmini ishlab chiqish hamda birgalikda operatsiyalarni bajarishda boʻlinmalar harakatlanish tartibini puxta rejalashtirish uchun xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida sakkiz mamlakat – Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning  harbiy kontingenti ishtirok etmoqda.

Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistondagi Gʻurumsaroy poligonida Oʻzbekiston va Tojikistonning boʻlinmalari shartli terrorchi guruhlarini yoʻq qilish boʻyicha vazifalarni amalda bajaradi.

Voinskiy kontingent Uzbekistana pribыl dlya uchastiya v uchenii Tsentr-2019
Ministerstvo oboronы Uzbekistana
Voinskiy kontingent Uzbekistana pribыl dlya uchastiya v uchenii "Tsentr-2019"

 

Asosiy mavzular