Surxondaryoda namunali to‘y bo‘ldi - mehmonlar soni 167 kishi

Obuna bo‘lish
Surxondaryo hokimi o‘rinbosari o‘z nikoh to‘yini namunali ravishda o‘tkazdi. To‘yga faqat eng yaqin qarindoshlar taklif qilindi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Surxondaryo hokimining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvarjon Oripov o‘z nikoh to‘yini namunali tarzda o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

“Bugun Termiz shahrida  yana bir namunali to‘y o‘tkazildi, “Shohsaroy” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan Anvarjon va Munisaxonning nikoh to‘yiga 167 nafar kishi qatnashdi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek to‘yda kelin va kuyovning eng yaqin qarindoshlari, oila a’zolari ishtirok etishgani, to‘y ixcham va dabdabadan xoli o‘tkazilgani hamda mezbonlarning mehmondo‘stlik va xushmuomalalik xislatlari namoyon bo‘lgani aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0