23:51 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

AES qurilishi uchun tanlangan joy MAGATE talablariga javob beradi

© Minenergo
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

AES qurilishi uchun tanlangan joy MAGATEning 15ta talabidan 14tasiga javob beradi - Energetika vazirligi.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Atom elektr stantsiyasi qurilishi uchun tanlangan joy MAGATE talablariga javob beradi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.  

“Biz har biri 250 betli boʻlgan 18 tomdan iborat hisobotni topshirdik. MAGATE ning oʻta qatʼiy talablaridan har biri boʻyicha 1000 ta dalil keltirildi. MAGATE tomonidan ular mavjud boʻlgan taqdirda AES qurilishi muammoli boʻladigan 15 ta “nomaqbul omil” keltirilgan. Bizning maydonchamiz esa – ularning 14 tasidan xoli. Bu dunyoda kamdan kam hollarda uchraydi.  15- omil – yer osti suvlarining yer sathidan 6-12 metr chuqurlikda joylashuvi muhandislik usuli bilan oson hal qilinadi, – dedi «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat loyiha ilmiy tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi bosh direktori Yoʻldosh Maʼrupov.

2019 yil 4 sentyabrida oʻzbekistonlik blogerlar, jurnalistlar, energetika sohasi va turdosh sohalar mutaxassislari va boshqa manfaatdor shaxslar uchun Jizzax viloyatining Forish tumani Tuzkon koʻli yaqinidagi AES qurilishi uchun tanlangan ustuvor maydonga press-tur uyushtirildi.

Tur davomida ishtirokchilar Oʻzbekistonda AES qurilishi istiqbollari bilan tanishdi, qurilish joyida olib borilayotgan muhandislik-qidiruv ishlarining ikkinchi bosqichi haqida axborot oldi.

Ayni damda AES qurilishi rejalashtirilayotgan maydonda Rossiyaning “Atomstroyeksport” korxonasi va “OzGashkLITI” DUK mutaxassislari ushbu hududda geofizik va seysmologik ishlarni olib bormoqda. Tadqiqot natijalari oʻrganib chiqiladi va ularning asosida atom elektr stantsiyasining texnik ishlanmasi davom ettiriladi.

Ustuvor maydondagi muhandislik tadqiqotlarini 2019 yilning oxirigacha tugallash rejalashtirilgan, ularning natijalari Atrof-muhitga taʼsirini baholash (AMTB) asosini tashkil etadi.

Minenergo
Ploщadka dlya buduщego AES

Ishlar rejasiga muvofiq 2020 yilning oxirigicha AMTB ishlab chiqiladi va jamoat eshituviga qoʻyiladi. Yuqorida tilga olingan muhandislik-tadqiqot ishlari natijalariga koʻra, mazkur maydonga ruxsat olish uchun tegishli materiallar yadroviy va radiatsion xavfsizlik organi – Davlat sanoat xavfsizligi qoʻmitasiga yuboriladi, deyilgan xabarda.

  • Ploщadka dlya buduщego AES
    Minenergo
  • Ploщadka dlya buduщego AES
    Minenergo
  • Ploщadka dlya buduщego AES
    Minenergo
1 / 3
Minenergo
Ploщadka dlya buduщego AES

Asosiy mavzular