21:14 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
54820

AQSH Global Media agentligi AOKA tomonidan keltirilgan, “Ozodlik” radiosining oʻzbek xizmati faoliyati bilan bogʻliq faktlarni batafsil oʻrganib chiqishni vaʼda berdi.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov “Ozodlik” radiosi tomonidan yoʻl qoʻyilgan bir qator kamchiliklar borasida AQSH Global Media agentligiga oʻz tashvishini bildirgan edi.

AQSH Global Media agentligining “Ozod Yevropa/Radio Ozodlik” radiosi - RFE/RL  direktori Jeymi Flay Allamjonov bayonotiniga izoh berdi.

“RFE/RLning qayta tayinlangan prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi oʻzbek xizmati faoliyati bilan bogʻliq tashvishlar yetkazilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va keltirilgan faktlarni batafsil oʻrganishini taʼkidladi”, - deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, USAGM – Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumatining mustaqil agentligi boʻlib, uning tarkibiga «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi (RFE/RL) va boshqa radioeshittirish tuzilmalari kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi oʻzbek xizmatining ish uslubiga nisbatan oʻz xavotirini bildirgan va ushbu radioeshittirishlar tashkilotining Oʻzbekiston bilan bogʻliq faoliyatida noxolislik va noprofessionallik mavjudligini qayd etgan edi.

Shuningdek, Agentlik direktori «Ozodlik» radiosi tomonidan aldamchilik bilan axborot yigʻish, audioyozuvlarni soxtalashtirish va «soxta akkaunt»lardan asossiz maʼlumotlarni tarqatish uchun foydalanish holatlarini aytib oʻtgan edi.

Asosiy mavzular