13:17 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
17420

Oʻzbekistonda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish hamda Sanitariya Epidemiologik osoyishtalik agentliklari tashkil etildi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Shu kunlarda Oʻzbekistonda yana ikkita agentlik tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanali.

1.Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini

Oʻzbekiston prezidetnining 9 sentyabrda imzolangan 4444-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etildi.

Qarorda aytilishiga koʻra quyidagi maktablar ushbu agentlikning idoraviy boʻysunuviga oʻtkazildi:

  • Prezident maktablari;
  • Ijod maktablari;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab;
  • Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati;
  • Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati;

Agentlikning asosiy vazifalari deb prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash – belgilangan.

2.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Prezidentning 9 sentyabr kuni imzolangan 5814-sonli farmoniga asosan Oʻzbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi.

Farmonda aytilishiga koʻra, yangi Agentlik Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy boʻlinmalari  negizida tashkil etiladi.

Agentlikning asosiy vazifasi - aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib borishdir. Agentlik direktori esa bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspektsiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan byudjetdan tashqari moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etildi, deyilgan qarorda.

Asosiy mavzular