13:16 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
144 0 0

Chilonzorda IIBB xodimi va fuqaro oʻrtasida aslida nima roʻy bergan edi? IIBB ushbu hodisaga oydinlik kiritdi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Internet tarmogʻida “Flavio Briattore” taxallusli foydalanuvchi undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan va hujjat boʻlmaganligi sababli uni ichki ishlar organlari tayanch punktiga yoʻl olishni talab qilgan profilaktika inspektorining harakatlaridan norozilik bildirgan holda eʼlon qoldirdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, profilaktika katta inspektori mayor Qoriyev K. boʻlib oʻtgan voqeani quyidagicha izohlagan.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani G35 massivida joylashgan “Al Xorazmiy” mahallasining hududini aylanib chiqish davomida, 10-sonli uyning kirish joyi yonida turgan, kirish eshigi ocha olmay, turli kodlarni sinayotgan erkak kishi ushbu harakatlari bilan ichki ishlar organlari xodimida shubha oʻygʻotgan. Kimning yoniga kelgani haqidagi savolga fuqaro: “xolamnikiga”, “enaganing yoniga” kabi mujmal javob bergan. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish haqidagi iltimosga ham aniq javob bermasdan, xodimga: “oʻziz kimsiz?”, “hujjatlarni nimaga asoslanib talab qilyapsiz?”, “nimaga men oʻzim bilan pasport olib yurishi kerak?” degan qarama-qarshi savollar bera boshlagan

Shu yoʻl bilan xodimni emotsional muomalaga majbur qilgan 32 yoshli Ruslan SH. suhbat davomini oʻzining mobil telefoniga tushira boshlagan.

Taʼkidlanishicha, shunga qaramasdan, Toshkent shahar IIBB xodim oʻzini namunali tutmaganini va ortiqcha ehtirosga berilganini tan oladi. Hozirga vaqtda xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar organlari xodimlari – siz kabi insondirlar va siz kabi turli his-tuygʻularni boshdan kechirishadi. Ammo ularning faoliyatlarining xususiyati shundaki, ular boshqa kasb egalaridan koʻproq jinoyat jabrlanuvchilarining, gumonlanuvchilarning, ularning qarindoshlari va yaqinlarining, hamda guvohlarning negativ hissiyotlariga duch kelishadi. Aynan yuqoridagi holatga toʻxtalib oʻtsak. Oʻzingizni xodimning oʻrniga qoʻyib koʻring: siz koʻrib qolgan notanish shaxs podʼyezd eshigini ochishga urinayotganidan uning bu yerda yashamasligi koʻrinib turibdi. Siz qanday yoʻl tutgan boʻlardingiz? Sizning asosli savollaringizga mensimagan holda savol bilan javob qaytarishsa, nima qilgan boʻlardingiz?

Huquqiy davlatda fuqarolar va davlat organlari vakillari – munosabatlari hurmatga asoslangan teng sherik, oʻzaro bogʻliq element hisoblanadilar. Bizda esa, afsuski, tez-tez davlat organlari xodimlariga qarshi chiqishning guvohi boʻlish mumkin. Toshkent shahar IIBB tanqidga tayyor, ammo tanqid xolis va konstruktiv boʻlishi kerak. “Hammasi yomon boʻlganligi uchun yomon”, “ilgari ham shunday boʻlgan... bundan keyin ham shunday boʻladi” kabi hujumlarning hech kimga foydasi yoʻq. Bundan hatto muammosini huquqiy maydonda emas, internetga hal qilishga urinayotgan “tanqid” muallifi uchun ham foyda yoʻq”, - deyiladi IIBB izohida.

IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tushunarsiz shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun oʻzni “namoyish” qilish shart emasligini taʼkidlab oʻtgan.

Asosiy mavzular