17:20 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Yangi qaror: paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
935 0 0

Paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. 2019 yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror koʻra:

- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;

- qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –  800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;

- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.

Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019 yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020 yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Asosiy mavzular