17:52 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
126 0 0

Said-Abdulaziz Yusupov JKning 4ta bandi boʻyicha - firibgarlik, talon-taroj qilish va pora berishda ishtirok etishda ayblanmoqda.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Toshkent shahri Yanshobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupov ishi boʻyicha yopiq sud majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda Uznews Oliy sud xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, S.Yusupov 2019 yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi boʻyicha (Juda koʻp miqdorda firibgarlik qilish) ayblanib hibsga olingan edi.

Ayni damda Yusupov JKning 167 moddasi (Mulkni talon-taroj qilish), 28, 211 moddalar (pora berishda ishtirok etish) kabi jinoyatlarni sodir etishda ham aybilanmoqda.

Maʼlumot uchun hibsga olinguniga qadar S.Yusupov mustaqil OAVlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan edi.

Asosiy mavzular