17:59 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
635 0 0

Oʻzbekistonda 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar oʻrtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar oʻrtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilab qoʻyilgan.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Farmon bilan kelayotgan yilning 1 yanvaridan eʼtiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

“Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar oʻrtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi”, - deyiladi farmon matnida.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Asosiy mavzular