20:28 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
111201

Shved olimining ilmiy sohada qilgan bayonoti tufayli ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida qizgʻin bahs-munozara boshlandi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Shved olimining ilmiy sohada qilgan bayonoti tufayli ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida qizgʻin bahs-munozara boshlanib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq shvetsiyalik olim Magnus Soderlund iqlimdagi oʻzgarishlarga qarshi kurash uchun odam goʻshtini tanovvul qilish taklifini ilgari surganligi haqida xabar bergan edik.

Olim fikriga koʻra, iqlimdagi oʻzgarishlarga insoniyatning qishloq xoʻjaligi sohasi, jumladan chorvachilik sohasidagi faoliyati aybdor. Shu bois, oʻlgan odamlarning goʻshtini isteʼmol qilish insoniyatni qutqargan boʻlar edi, jahon hamjamiyati bu gʻoyaga eʼtibor qaratmogʻi lozim, degan olim.

Shved olimining bu taklifiga oʻzbekistonliklar qizgʻin fikr bildirmoqdalar.

Xususan, kimdir bunday taklif bergan olimning goʻshtini yeyish kerak oldin, desa, internet foydalanuvchilarining aksariyati guruh administratoridan bunday "koʻngilni aynituvchi" taklif bitilgan postni olib tashlashni qatʼiy talab qilgan.

Asosiy mavzular