13:43 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Mirziyoyev Toshkentdagi prezident maktabini ochdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
23910

“Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib boʻlganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi Oʻzbekistonning “oltin fondi”sizlar”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Taʼkidlanishicha, barcha sohalarda ilgʻor taraqqiyot yoʻlidan borayotgan va yuksak marralarni qoʻyayotgan mamlakat uchun har tomonlama yetuk kadrlar kerak.

Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos boʻladi. Chunki bu oʻquv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash boʻyicha yaxlit tizim boʻladi. Taʼlim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida olib boriladi.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Shunday maktablarning birinchisi poytaxtda foydalanishga topshirildi. 168 oʻringa moʻljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 oʻrinli oʻqituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etildi.

Joriy yilda maktabning 5-10-sinflari uchun hujjat topshirgan 7 mingga yaqin oʻquvchidan 144 nafari oʻqishga qabul qilindi. Kanadaning “Teachaway” va Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy oʻqituvchi ham jalb qilindi. Taʼlimda STEAM yondashuviga oid darslik va oʻquv qoʻllanmalari olib kelindi.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

“Sizlarni shunday nufuzli maktabga munosib boʻlganingiz bilan chin yuragimdan tabriklayman. Siz endi Oʻzbekistonning “oltin fondi”sizlar. Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narsalar koʻp. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Yoshlarimiz orasidan Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar chiqishiga barcha asoslarimiz bor”, - deya murojaat qildi prezident yosh avlodga.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Mirziyoyev endi chet eldan nufuzli mehmonlarga katta-katta zavodlarni emas, prezident maktablarini koʻrsatilishini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev prezident maktabining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi, maktabning ilk oʻquvchi va oʻqituvchilari bilan suratga tushdi.

Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular