Mirziyoyev eng katta boyligi haqida so‘z ochdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrifi chog‘ida pedagoglar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi prezident maktabiga tashrifi chog‘ida pedagoglar bilan ham muloqotda bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Yuragimdagi gapimni bilishlaringizni xohlayman: men sizlarga eng katta boyligimni ishonib topshirapman. Bolalarimizning ko‘zini, bilimini, g‘urur-iftixorini ko‘rib, yo‘limiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qildim. Islohotlarimizga, farzandlarimiz tarbiyasiga yelkadosh bo‘lganingiz uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman”, - dedi O‘zbekiston prezidenti

O‘quvchilarning ota-onalari va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda uchinchi renessans davri boshlanayotgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynashini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ilk prezident maktabi ochilgani xabar qilingan edi. 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi yuksak darajada bunyod etilgan. Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0