23:40 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Molotok sudi v zale suda

Surxondaryoda ayol suddan oʻgʻlini emas, erini ozod qilishni soʻradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
614 0 0

Kutilmagan javobdan sud qabuliga kelganlar hayron qoldi: ayol suddan oʻgʻlini emas, erini ozod qilishni soʻradi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Surxondaryoda boʻlib oʻtgan Oliy sudning sayyor qabulida hayratlarnarli holat sodir boʻldi. Sud qabuliga kelgan katta yoshli ayol suddan oʻgʻlini emas erini ozod qilishni soʻradi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati.

Xabrda aytilishiga koʻra, ushbu ayolning turmush oʻrtogʻi va oʻgʻli firibgarlik jinoyati uchun qamalgan ekan, qarzning bir qismi toʻlab boʻlingandan soʻng sud erkaklardan birini ozod qilishga qaror qiladi. Ayoldan kimni ozod qilishni soʻralganda, u ikkilanmay – erimni, deb javob beradi.  

Ushbu javobdan sud qabulida oʻtirganlar “bir qalqib tushdi” deb yozadi viloyat matbuoti. Vaziyatni tushunmagan odam bunday hayratlanishi tabiiy, lekin ushbu voqea aslida qanday boʻlganini bilganlar bunga hayron boʻlmagan.

Aslida ushbu jinoyatda u bechora ayolning oʻgʻli sababchi boʻlgan ekan. U oldin ham firibgarlik jinoyati uchun 3 marotaba qamalib chiqaan, lekin baribir odatini tashlamagan ekan. Soʻnggi bor odamlardan katta-katta pullarni olib yeb yuborgan, qarzini undirishga kelganlarga uning otasi majburat “Qarzni boʻyniga olishini” aytib tilxat yozib bergan ekan. Qarzini qaytarib ololmgan fuqarolar, ushbu oilaning  nafaqat buyumlarini, balkim uyini ham buzib, qurilish materiallarini olib ketishgan ekan.

Asosiy mavzular