03:00 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Svadebnыy kortej.

Toʻy kortejlari yoʻl harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda - IIBB

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Jamiyat
Havola olish
330 0 0

2019 yil boshida buyon toʻy kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152ta bayonnoma tuzilgan.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Toʻy kortejlari yoʻl harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Kuz –toʻylar fasli va har bir oila ushbu kunni yosh kelin-kuyovlar uchun bayramga aylantirishni istaydi. Toʻy rejalashtirganda nafaqat uning chiroyli boʻlib oʻtishini balkim u jamoat uchun qanchalik xavfsiz boʻlishini ham oʻylash kerak.

Bir vaqtlar rusm boʻlgan, butun boshli katta yoʻlni toʻsib oluvchi toʻy kortejlariga zamoni ham oʻtib bormoqda. Bugun ushbu urf-odatni qayta koʻrib chiqish vaqti keldi deb hisoblaymiz.

Oxirgi vaqtlarda toʻy kortejlari va yoʻllarda ular bilan yuz berayotgan vaziyatlar, YTH oqibatlarini biz ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez koʻrib turamiz. IIBB Feysbukda oʻz sahifasini ochgan kunda u yerda joylashtirilgan eng birinchi videolardan biri aytnan toʻy korteji avtomobili ishtirokidagi YTH boʻlgan edi.

2019 yil boshida buyon toʻy kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152ta bayonnoma tuzilgan, ulardan 16tasi – takroriy qoidabuzarlik.

Ushbu munosabat bilan IIBB toʻylarda kortej xizmati tashkil qiluvchi firmalar hamda ushbu kortejlar tarkibida harakatlanayotgan avtomobillar haydovchilari bilan uchrashib ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazdi. Umumiy hisobda suhbatda 40 kishi ishtirok etdi.

Shu bilan birga toʻylarda ortiqcha dabdaba va kortejlar uyushtirib yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid solish nafaqat IIBB, balkim keng jamoatchilik tomonidan tanqid qilinishi kerakligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 129 moddasiga asosan, avtomobil yoʻllarida guruh boʻlib harakatlanish – eng kam ish haqqining uch baravari miqdorida jarimaga tortilishini yana bir bor eslatib oʻtdi.

Asosiy mavzular