07:36 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vыstavka UzTextile Expo v Tashkente

Intim liboslar: Oʻzbekistonda qanday ichki kiyimlar moda boʻlyapti

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
161831

Intim garderobiga eʼtibor bermaydigan ayol kam uchrasa kerak. Oʻzbekistonda aniq sabablarga koʻra bu mavzuda gapirish taʼqiqlangan, biroq bu respublikadagi goʻzallarni bejirim ichki liboslar umuman qiziqtirmaydi degani emas.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Toshkentda 11 sentyabrda ochilgan xalqaro toʻqimachilik koʻrgazmasida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ichki kiyim borasida respublika ayollarining istaklari bilan taninish imkoniga ega boʻldi.

Ichki liboslar ishlab chiqaruvchi kompaniya direktori Yelena, oʻzbek ayollari qanday turdagi mahsulotlarni afzal koʻradilar degan savolga tabassum ila: koʻpchilik fikriga koʻra, musulmon ayollari chiroyli ich-kiyimga qiziqmaydi, deb oʻylaydi. Ammo aslida bunday emas.

"Bilasizmi, bu Osiyo, yaʼni Sharq. Tabiiyki, odamlari ham hashamatni yaxshi koʻradi", - deydi u.

Vыstavka UzTextile Expo  v Tashkente
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vыstavka UzTextile Expo v Tashkente

Yelenaning soʻzlariga koʻra, mijozlar sharqona, "uslub jihatidan qadimgi zamonlarni eslatadigan" motivdagi liboslarni tanlashadi. Shu bilan birga, ular qulaylik, jozibadorlik, oʻziga xoslikni saqlab qolishni istashadi.

Vыstavka UzTextile Expo  v Tashkente
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vыstavka UzTextile Expo v Tashkente

"Biz buning uchun noodatiy, baʼzan juda qimmatbaho matolardan foydalangan holda modani ushbu tendentsiya bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqdamiz. Har bir mijozga u istagan ichki kiyimni tikib beramiz", - deydi suhbatdosh.

Yelena kichik sirni ochadi: "Soʻnggi paytlarda koʻplab intim mahsulotlarga ixtisoslashgan doʻkonlar juda noodatiy narsalar, xususan, charmdan tayyorlangan ichki liboslarni buyurtma qilmoqdalar".

Ayol soʻzlariga koʻra, ichki kiyim - bu oʻz imidjni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan oʻzini yangi narsalar bilan xursand qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

"Chiroyli, nafis ichki kiyim hech qachon koʻplik qilmaydi", – deb qoʻshimcha qiladi ayol.

Asosiy mavzular