22:26 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Biznes-ledi. Illyustrativnoye foto

Sirdaryoda Malayziya bilan hamkorlikda tadbirkorlik universiteti ochiladi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
210 0 0

Malayziya “Binary” universiteti bilan Oʻzbekiston xalqaro tadbirkorlik va menejment universitetini tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlangan.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. “Sirdaryo viloyatida “Binary” xalqaro tadbirkorlik va menejment Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

 “Guliston shahrida Malayziyaning “Binary” Universiteti bilan hamkorlikda  Oʻzbekiston xalqaro “Binary” tadbirkorlik va menejment universitetini  tashkil etish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan hujjatda.

Universitetning asosiy vazifalari:

- iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojni hamda amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda chuqur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash;

- xorijiy mutaxassislarni, shuningdek xorijda faoliyat yuritayotgan vatandorshlarimizni jalb etgan holda tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muasasalari bilan kooperatsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro malaka almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

- respublika hududlarida, xususan Sirdaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mavjud tizimli muammolarni fundamental ilmiy-tadqiqotlar asosida oʻrganish va tegishli yechimlar ishlab chiqish, hududlarning iqtisodiy salohiyatlarini oʻrgangan holda ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi tadbirkorlik yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Universitetning umumiy faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Universitet taʼlim jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;

Universitetda oʻqitish Oʻzbekistonda amaldagi mavjud taʼlim shakllari hamda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

“bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

Universitetda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladi”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasida aytilishicha, universitetni moliyalashtirish talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular