00:12 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Demontaj nezakonnoy reklamы

Oʻzbekistonda isteʼmolchilar huquqini maxsus agentlik himoya qiladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Jamiyat
Havola olish
68 0 0

Agentlikka isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etildi.

Agentlik isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Farmonga koʻra, Agentlikka isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, uni buzgan shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun sudga murojaat qilish kabi huquqlar berildi.

Shuningdek, Agentlik chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini oʻtkazishi, ularni ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qilishi mumkin.

Agentlik va Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari sudga kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Oʻzbekistonda goʻsht narxi oshishi sabablari maʼlum boʻldi

Agentlikka Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Asosiy mavzular