15:56 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Faol yosh oilalar imtiyozli uy-joyga ega boʻladilar

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
171 0 0

Yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 %gacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Qarorga koʻra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlangʻich badal Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻliq toʻlab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻi hisobiga toʻlanadi.

 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

- dastlabki badallar hamda kredit boʻyicha birinchi besh yildan keyingi foiz toʻlovlari yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

-  kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Asosiy mavzular