Markaziy bank Toshkent metrosidagi bankomatlar nega ishlamasligiga izoh berdi

Obuna bo‘lish
MB vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda markazlashgan monitoring tizimi o‘rnatilyapti. Unda har bir o‘rnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Markaziy bank to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori Dilshod Ikramov metrolar va shaharning ayrim joylarida o‘rnatilgan bankomatlarning ishlamasligi, bu borada kim mas’ul ekani va uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish borasida qanday choralar ko‘rilayotgani ma’lum qildi.

“Bugungi kunda 600 dan oshiq bankomat 24/7 rejimida ishlaydi. Hali ishga tushirilmagan, lekin o‘rnatilgan bankomatlarimiz soni ham ancha. Metrolarda bankomatlarning ishlamasligi texnik sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni, aloqa kanallari o‘rnatish ishlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz va bu borada metropoliten bilan hamkorlikda choralar ko‘rilmoqda”, - dedi Ikromov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida markazlashgan monitoring tizimi o‘rnatilyapti. Unda har bir o‘rnatilgan bankomatlar masofadan turib nazorat qilinadi.

Avvalroq HUMO᾽ning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshlagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0