15:20 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Jamiyat
Havola olish
1086 0 0

Bugun chaqirilgan Senat shoshilinch majlisida, Oʻzbekistonning Turkiy tilli mamlakatlar kengashiga aʼzoligiga doir masalalar koʻrib chiqilishi mumkin.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlis ochiladi. Bu haqida Senat matbuot xizmati 13 sentyabrda eʼlon qildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2019 yil 14 sentyabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi”, - deyilgan xabarda.

Senatda qanday masalalar koʻrib chiqishi xabada aytilmagan. Mahalliy OAVlar xabariga koʻra, ehtimol, ushbu shoshilinch majlis chaqilishishiga sabab Oʻzbekiston Turkiy tilli mamlakatlar kengashiga aʼzolik uchun ariza bergani sabab boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 13 sentyabr kuni Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga aʼzolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan edi. Bugungi kunda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya kengash aʼzolari hisoblanadi.

Asosiy mavzular