09:14 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Militsiya

Toshkentda geylar taʼqib qilinmoqdami - IIBB javobi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
107221

Toshkent shahrida geylarga qarshi maxsus reydlar oʻtkazilmagan va oʻtkazilmayapti, ayrim saytlarning anonim manbalarga tayanib yozayotgan xabarlari tag zamirida ichki ishlar organlari xodimlarini obroʻsizlantirish maqsadi yotibdi, deyiladi IIBB rasmiy bayonotida

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Toshkent ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati poytaxtda noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega shaxslar taʼqib ostiga olinayotgani haqidagi xabarni rad etdi.

"Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 12 sentyabr kuni Yunusobod tumanida 25 yashar goʻyoki noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan Shokir X.ning oʻldirilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, yigitni qirq yoshlarda boʻlgan ikki nafar erkak "mashhur klubdan olib chiqib ketib oʻldirgan". Erkaklarning ichki ishlar organlariga aloqasi borligiga shama qilingan, ammo bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi", - deyiladi xabarda.

Toshkent IIBB xabariga koʻra, oʻldirilgan yigit asli samarqandlik boʻlgan. Toshkenda ijarada olingan kvartirada yashagan. 12 sentyabr kuni ertalab jabrdiydaning qoʻshnisi zinapoyalarda qonga oʻxshash dogʻlarni koʻrib, bu haqda telefon orqali xonadon egasiga maʼlum qilgan. Uy egasi zudlik bilan yetib kelgach, xona ichida Shokirning pichoqlangan jasadini aniqlagan va shundan soʻng 102ga xabar bergan.

Choʻntakdagi pichoq nimaga kerak? >>>

Ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1 bandi ("qasddan qotillik sodir etish") boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Kvartira tekshirilganda, yaqinda sodir etilgan jinsiy yaqinlik izlari aniqlangan.

Tezkor-tergov tadbirlari davomida videokameralardagi yozuvlar oʻrganilgan, ehtimoliy guvohlar soʻroq qilingan. Gumonlanuvchi shaxsi ham aniqlangan, u vaqtincha hech qayerda yashamaydigan 28 yashar Odiljon YU. ekanligi aytilmoqda.

Shu kunning oʻzida gumondor Toshkent IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Tergov vaqtida gumondor Shokir bilan ijtimoiy tarmoqda tanishganini, 11 sentyabr kuni uchrashishga kelishishganini, 21.30da jabrdiyda yashaydigan xonadonga kelganini tan olgan. Bu yerda ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Janjal sabablari aniqlashtirilmoqda.

Kelishmovchilik oqibatida Odil Shokirning boʻyni va qoʻli sohalariga suvenir pichoq bilan zarba bergan.

Toshkent IIBB ushbu faktlarni maʼlum qilib, Toshkentda noanʼnaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan shaxslarga qarshi maxsus reydlar oʻtkazilmayotganini va hech qachon oʻtkazilmaganini qoʻshimcha qilgan. 

"Ayrim saytlar tayanayotgan anonim manbaning soʻzlari ichki ishlar organlarini diskreditatsiya qiladigan, odamlarni yanglishtiradigan soʻzlar deb bilamiz", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular