06:59 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Selskiye izobretateli obsujdayut mashinu s mestnыmi fermerami

Buxorolik ixtirochi-ustalar Alisher Usmonovdan umid qilishmoqda

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
710 0 0

Yangi traktor metan gaz va dizel yonilgʻisi aralashmasida ishlaydi. Bir gektar yerga ishlov berish uchun 5 litr dizel yonilgʻisi va 20 kub gaz kerak boʻladi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Buxoroning Jondor tumanida joylashgan qishloqlardan birida yashovchi ota-bola ustalar Shaxob Qoryogʻdiyev va Shuhrat Suvonovlar traktor yasab chiqishdi. Buning uchun ularga 5ta eski avtomobil ehtiyot qismlari va 10 yil vaqt kerak boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Shaxob Koryogdiyev i Shuxrat Suvonov u traktora sobstvennogo proizvodstva
Ota-bola ustalar Shaxob Qoryogʻdiyev va Shuhrat Suvonovlar

Ustalar aytishiga qaraganda yangi traktor ham tejamkor ham arzon chiqqan. U metan gaz va dizel yonilgʻisi aralashmasida ishlaydi. Bir gektar yerga ishlov berish uchun yangi traktorga 5 litr dizel yonilgʻisi va 20 kub gaz kerak boʻladi.

Masalan “Keys” traktorlari xuddi shunday maydonga ishlov berish uchun 50 litr yonilgʻi yoqadi. Bizni traktor esa undan 10 baravar tejamkor. Uning ogʻirligi esa 3,840 tonna – bu “Magnum”dan koʻra 5 marta yengil degani, - deydi 24 yoshli Shuhrat Suvonov.

Bugungi kunga qadar yangi traktor ming gektardan ortiq yerga ishlov berishga ulgurgan. Fermerlar aytishiga qaraganda dala yerlari murakkab boʻlgan hududda ana shunday texnika juda qoʻl kelgan boʻlardi.

“Buxoro yeri dala yerlarida tuz koʻproq. Xorijiy texnika juda ogʻir va u yerga katta bosim oʻtkazadi. Bizni traktor esa – juda yengil, shuni uchun mahalliy dalalar uchun undan foydalanish qulayroq”, - deb izoh berdi katta usta Shaxob Koryogʻdiyev.

Qishloq hududida yashayotgan ustalar, dehqonlar mashaqqatlaridan juda yaxshi xabardor va qishloq xoʻjalik texnikasi yetishmovchilik muammosini ham yaxshi bilishadi. Ular aytishiga qaraganda, bir dona traktor narxi 450 million soʻm (48 000$).Xuddi shunday xorijiy texnika esa kamida 600 mln (64 ming $).

Ixtirochi ustalar barcha sir va “nou-xau”larni ochiqlashni istamasada, shunisi maʼlumki traktorda Nissan avtomobilining dvigateli oʻrnatilgan. Yurish qismi har xil sovet avtomobillaridan olingan. Kuzovi esa – toʻliq  oʻzlarining ishi.

Ustalar oʻz ixtirolarini Oʻzbekistondagi intellektual mulk agentligida roʻyxatdan oʻtkazishgan va yaqin orada patent olishni rejalashtirishmoqda. Shu bilan birga ustalar turli biznes-forumlarda ishtirok etishmoqda.

“Besh yuzga yaqin fermerlar bizdan ushbu traktorlarni sotib olishga tayyor. Investitsiyalar boʻlganda allaqachon ishga kirishgan boʻlardik. Bir kun Toshkent Traktor zavodi vakili ham kelgandi. Uning aytishiga qaraganda bunday traktor ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish liniyasi qurish kerak. TTZ esa faqat jamlash bilan shugʻullanarkan”, - deydi Qoryogdiyev.

“Men Alisher Usmonov innovatsion gʻoyali yosh ixtirochilarni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligi haqida eshitgan edim. Menimcha, bu aynan shunday loyiha boʻlishi mumkin. U kishi bizni eshitib gʻoyalarimizni amalga oshirishga yordam beradi deb umid qilaman”, - deydi Shuhrat.    

Hozircha ushbu traktor Jondor tumanida dehqonlar hojatini chiqarmoqda. U soatiga 60 km tezlikda harakatlanishi mumkin, lekin uning asosiy afzalligi – tejamkorligidir. Ixtirochilar unga investorlar eʼtibor berishini kutishmoqda.

Asosiy mavzular