AQSh O‘zbekistonga radiatsiyani aniqlaydigan uskuna berdi

© © Sputnik/ Yelena VasilyevaDoza radiatsii previshayet normu v pat raz
Doza radiatsii previshayet normu v pat raz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh O‘zbekistonga Afg‘oniston bilan chegaradagi "Do‘stlik" ko‘prigida avtomobil va odamlarda radiatsiya miqdorini nazorat qiluvchi portalli monitor va mobil skanerlar berdi.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. AQShning yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy ma’muriyati (DOE/NNSA) O‘zbekiston Davlat Bojxona qo‘mitasiga chegaradan yashirin olib o‘tilayotgan radioaktiv moddalarni aniqlash uchun maxsus uskuna topshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga asosan.

“DOE/NNSA tomonidan taqdim etilgan, radiatsiyani aniqlash uchun mo‘ljallangan uskuna “Do‘stlik” ko‘prigi ustida joylashgan O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida radioaktiv materiallar kontrabandasini oldini olish uchun xizmat qiladi”, - deyilgan elchixona xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu uskuna harakatlanayotgan transport vositalarini va piyodalarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan radiatsiyani o‘lchash portal monitorlari, mobil tizimlar va qo‘l skanerlaridan iborat.

Radioaktivnost - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda radiatsiya darajasi o‘zgarmagan

“Drujba” ko‘prigida o‘rnatilayotgan uskuna bu AQSh tomonidan asos solingan yadroviy qurol tarqalishiga va kontrabandasiga qarshi qaratilgan ko‘p millionli loyihaning birinchi bosqichidir. AQSh chegaraning boshqa muhim nuqtalarini ham portal monitorlar bilan jihozlaydi, - dedi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgust oyida AQShning DOE/NNSA muassasasi va O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolagan edi. Ushbu hujjat doirasida 2018-yilda AQSh tomon O‘zbekistonga 230ta qo‘l radiatsiya skanerlari va O‘zbekiston Yadro fizikasi institutiga radioaktiv moddalarni tashish uchun maxsus yuk avtomobillari topshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0